Iqlimning global o’zgarishi: bu fakt yoki mif?
Faktlar
XIX asrdayoq olimlar karbonat angidrid (uglerod dioksidi) quyosh energiyasini atmosferada ushlab qolib, yer usti qoplamini isishiga olib kelishini bilganlar. Ilmiy-texnik progressning rivojlanishi va sanoat progressning boshlanishi bilan turli xil qazilma uglerod yoqilg’ining (neft, ko’mir, gaz) xalqaro miqyosdagi ishlatilishi oshadi, va bu atmosferada uglerod dioksidining konsentratsiyasini ko’payishiga olib keladi.
Havo harorati
Iqlimnni kuzatish ma’lumotlaridan kelib chiqishicha, shimoliy yarimsharda XX asrda sodir bo’lgan iqlim issiqlashuvi ohirgi 1000 yil ichida eng qattig’i bo’lgan. 1990-2000 yillar eng iliq dekada bo’lsa, 1998 yil XX asrdagi eng iliq yil bo’gan. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, tungi harorat ko’tarilishi kunduzdagiga qaraganda ancha yuqori.
Qor va muz qoplami. 60-yillarning ohiridan boshlab qor va muz qoplamlari uzunligining 10-15% qisqarishi, ko’l va daryolarning har yilgi qor bilan qoplanish davrining ikki xaftaga qisqarishi kuzatilgan. Tog’ muzlarining yoppasiga chekinishi va Arktika muzlarining qalinligining qisqarishi kuzatilgan.
Dunyo okeanining sathi XX asr davomida Dunyo okeanining sathi 10-20 santimetrga ko’tarildi. Buning sababi dengiz suvlarining issiqlik natijasida kengayishi va global issiqlashuv bilan bog’liq bo’lgan qutb muzlarning erishidir.
Iqlimning global o’zgarishi o’ta issiq kunlar soni, qurg’oqchilik, suv toshqinlar, keskin havo isishi va yengil sovuq tushishi, sel va qattiq shamollar sonining ko’payishida aks ettiriladi. Sug’urta kompaniyalarining baholashi bo’yicha, iqtisodiy yuqotishlar yiliga 90 milliard dollarni tashkil etgan.
03-05-2006
Manba:
IPCC Third Assessment Report 2001
