O’zbekiston va iqlim o’zgarish muammosi

O’zbekistonning tutgan o’rni



Iqlim o’zgarishi muammosining muhimligi va uning oqibatlarini yumshatish bo’yicha tezkor choralar ko’rilishi zarurligini e’tiborga olgan holda O’zbekiston 1993 yili BMT Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyani, 1998 yil noyabrida esa – Kioto Protokolini imzolaydi. Kioto Protokoli uning O’zbekiston tomonidan imzolanganidan so’ng 1999 yil 20 avgustida ratifikasiya qilinadi.

O’zbekiston Respublikasi Hukumati BMT Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi bo’yicha majburiyatlarni bajarish vazifasini O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Xizmati Markazi (Uzgidromet)ga yukladi. O’z majburiyatlariga asosan, O’zbekiston quyidagi masalalar bo’yicha ma’lumot taqdim etadi:
  • Milliy sharoitlar va mamlakatning o’ziga xos xususiyatlari
  • Issiqxona gazlarining milliy kadastri
  • Issiqxona gazlari chiqindilarining prognozi
  • Emissiyalarni qisqartirish potensialini baholash va bu uchun zarur bo’lgan choralar ta’rifi
  • Iqlimni kuzatish tizimlari hamda iqlimiy tadqiqotlar
  • Iqlim o’zgarishining oqibatlarini baholash va ularga moslashishning mavjud yo’llari
  • Iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha ta’lim va tushuncha berish
  • BMT Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi majburiyatlarini bajarish imkoniyatlarini mustahkamlash.
Konvensiyani imzolagan qolgan mamlakatlar kabi O’zbekiston majburiyatlarini bajarishga qaratilgan loyihalarni amalga oshiradi. Birinchi qadam sifatida GEF va BMT Rivojlanish Dasturi yordamida “O’zbekiston – iqlim o’zgarishi bo’yicha mamlakatni o’rganish” loyihasini amalga oshirishni tushinish mumkin. Bundan tashqari, Milliy Ma’lumotnoma (BMT Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi O’zbekiston Respublikasi Birinchi milliy ma’lumotnomasi) ishlab chiqilib, taqdim etilgan.

Ma’lumotnoma milliy sharoitlar ta’rifi, issiqxona gazlari inventarizasiyasi haqidagi ma’lumotlar, issiqxona gazlari chiqindilarining 2010 yilgacha bo’lgan prognozlari, O’zbekistonda issiqxona gazlari chiqindilarining qisqartirish uchun olib boriladigan choralarning umumiy ta’rifi, iqlim o’zgarishiga noziklik darajasining dastlabki baholanishi va moslashish mavjud yo’llarining ta’rifini oz’ ichiga oladi.

Loyiha bo’yicha tadqiqotlarning ko’rsatishicha, asosiy issiqxona gazi uglerod dioksididir va u barcha chiqindilarning 67%ni tashkil etadi. CO2 chiqindilarining eng katta manbasi Ozbekistonning energetik sohasidir (energiya ishlab chiqarish va uni iste’mol qilish).

Ahamiyatga ko’ra ikkinchi o’rinda turadigan issiqxona gazi metandir (qariyb 27%). Metan chiqindilarining ¾ qismi tabiiy gaz, neft va komirning qazib olinishi va transportirovka paytida ajralib chiqadi. Qishloq xo’jaligining bunda hissasi katta, bu sohada chiqindilarning katta qismi qoramol parvarishlashga va sholi yetishtirishga to’g’ri keladi.


1990 yildan 1994 yilgacha davrda emissiya qisqarish tendensiyasi kuzatilgan bo’lsa, bu tendensiya 1996 yilga kelib qarama-qarshisiga o’zgardi. CO2 emissiyasining o’zgarishi asosan Ichki Yalpi Mahsulot umumiy dinamikasiga bog’liqligi aniq.

Afsuski, xalq xo’jaligi sohalari energosamaradorligi pastligicha qolyapti.

“Iqlim loyihalari” ustida olib borilgan ish natijasida O’zbekistonda issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish yo’llari aniqlandi. Asosiy yo’nalishlar quyidagilardir:
  • Yoqilg’i-energetik kompleksida issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish;
  • uy-joy-kommunl sohada energosamaradorlikni oshirish;
  • neft va gas sohasida metan oqib ketishini qisqartirish;
  • yangilanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish.
Respublikada yoqilg’i-energetika ob’yektlarini yangilash, yangilanadigan energiya manbalarini rivojlantirish hamda inson hayot faoliyatida hosil bo’ladigan chiqitlarni utilizasiya qilishga qaratilgan loyiha takliflari ustida ish olib borilyapti. Xalqaro tashkilotlar yordamida o’rmon o’tqazish va quyosh batareyalarini o’rnatish bo’yicha pilot loyihalari amalga oshirilyapti.

03-05-2006