O’zbekiston va iqlim o’zgarish muammosi
Ozbekistonda toza rivojlanish mexanizmini rivojlantirish masalasi haqida
Iqtisodiyoti o’tish davrida bo’lgan, Konvensiyaning I Ilovasiga va Protokolning B Ilovasiga kiritilmagan mamlakat sifatida O’zbekiston BMT Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiya va uning Kioto Protokoli bo’yicha cheklangan majburiyatlarga ega. Ushbu majburiyatlar milliy kadastrni olib borish; ma’lumot taqdim etish; prognoz qilish, iqlim o’zgarishi sabablarini oldini olish yoki minimal darajagacha qisqartirish, iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlarini yumshatish maqsadida oldini olish choralarida qatnashish bilan bog’liq.
O’bekiston Respublikasining BMT Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyada tutgan o’rnini inobatga olgan holda, Kioto Protokolining barcha amalga oshirish mexanizmlaridan O’zbekiston uchun faqatgina toza rivojlanish mexanizmi to’g’ri keladi.
O’zbekustonda CO2 chiqindilarining 98% qazib olinadigan yoqilg’i yondirilishi tashkil etadi. Hozirgi paytda qollanilayotgan va ishlab chiqilayotgan energiya samaradorligi va energyani tejash boyicha loyihalar asosan issiqxona gazlari emissiyasining qisqartirilishiga qaratilgan. Toza rivojlanish mexanizmida ishtirok etish loyihalarni amalga oshirish uchun muhim sarmoya manbasi bo’lib qolishi ajab emas, chunki loyihalar qiymati issiqxona gazlarining qisqartirilgan emissiyasining sotilishi evaziga arzonlashadi.
Toza rivojlanish mexanizmi loyihalarini O’zbekistonda amalga oshirishga Avstriya, Germaniya, Shveysariya, Daniya va Yaponiya kabi davlatlar qiziqish bildiryaptilar. O’zbekiston neft va gaz sohasi bilan bog’liq bo’lgan toza rivojlanish mexanizmi loyihalari tenderida ishtirok etishga bir necha bor Ixtisoslashgan Niderland Agentligi tomonidan taklif etilgan. Toza rivojlanish mexanizmi loyihalarini O’zbekistonda amalga oshirilishining imkoniyatlari va potensial yo’nalishlari Xalqaro Bank va Osiyo Rivojlanish Banki tomonidan o’rganib chiqilgan.
Toza rivojlanish mexanizmi loyihalarida xalqaro darajada ishtirok etish istagini bildirgan mamlakatlar uchun bajarilishi zarur bo’lgan quyidagi majburiyatlar mavjud:
- Mamlakat Kioto protokolini ratifikasiya qilishi zarur
- Mamlakat Toza rivojlanish mexanizmi bo’yicha Xukumat nomidan potensial sarmoyadorlar bilan muzokaralar olib boruvchi va Toza rivojlanish mexanizmi loyihalariga aloqador hujjatlar, issiqxona gazlarining qisqartirilgan chiqindilarini sotish bo’yicha shartnomalarni imzolashga ma’sul milliy tashkilotni ta’sis etishi shart.
O’zbekiston Kioto Protokolini 1999 yil avgustida ratifikasiya qilgan. Hozirgi paytda O’zbekistonda Toza rivojlanish mexanizmi bo’yicha milliy tashkilotni tuzish bilan bog’liq institusion tayyorgarlik olib borilmoqda. Ushbu tashkilitning asosiy vazifasi O’zbekistonda Toza rivojlanish mexanizmi loyihalarini amalga oshirilishiga ko’maklashish va ularni rasmiy tarzda Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi Toza rivojlanish mexanizmi ijroiya kengashiga taqdim etish uchun milliy darajada ma’qullanishi kutilmoqda.
Toza rivojlanish mexanizmi texnologik loyihalarini rivojlangan mamlakatlar ko’magida O’zbekiston hududida amalga oshirish xalqaro moliyaviy tashkilotlarining yangi sarmoya yo’lini ochilishiga imkon beradi. Toza rivojlanish mexanizmi loyihalariga moliya ajratish grantlar hamda “yumshoq” qarzlar yordamida amalga osirilishi mumkin. Loyiha narxining bir qismi loyiha davomida qisqartirilgan issiqxona gazlari chiqindilarining hajmini sotish evaziga qoplanadi.
Qisqacha ma’lumot: Kioto Protokoli 2005 yil 16 fevralda kuchga kirdi.
03-05-2006
Manba:
Kyoto Protocol
