O’zbekiston va iqlim o’zgarish muammosi
Iqlim o’zgarishi masalasi haqida jamiyatga habar berish
O’zbekistonda jamiyatning iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha bilim saviyasini oshirish ishlari olib borilmoqda. Iqlim o’zgarishi bo’yicha milliy ekspertlar mamlakatning turli xil hududlarida (Buxoro, Samarqand, Urgenchda) ko’chma seminarlarda ishtirok etishdi. Institut va Universitetlarda mahalliy xo’jalik rahbarlari, turli xil mutaxassislar va matbuot va’killari ishtirokida ma’ruzalar o’tkazildi. Iqtisodiyotning barcha sohalari va’killari, vazirliklar, aksioner kompaniyalar va nohukumat tashkilotlar xodimlari uchun Toshkentda qator seminarlar o’tkazilgan.
- "issiqxona gazlari inventarizasiyasining asosiy natijalari";
- "O’zbekistonning issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish va iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlari sohasining asosiy texnologik ehtiyojlari";
- "Regional iqlim stsenariyalar, iqlim o’zgarishining qishloq xo’jaligi va o’rmon o’simliklariga ehtimoliy ta’siri";
- "Suv manbalarini iqlim o’zgarishiga nozikligi";
- "O’zbekiston Respublikasi hududida iqlim o’zgarishi darajasini aniqlash, zaiflik aniqlanishi metodik holatini rivojlantirish".
Bu sohada katta ish amalga oshirilgan, afsuski, bularning barchasi yetarli emas, chunki O’zbekiston fuqarolarida bo’lajak iqlimimizga nisbatan hayajon tuyg’usi hali paydo bo’ganicha yo’q.
Hozirgi paytda O’zbekistonda "Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi 6 – moddasining (ta’lim berish, kadrlar tayyorlash, va keng ommaga iqlim o’zgarishi masalasi bo’yicha ma’lumot taqdim etish) amalga oshirih loyihasi bajarilmoqda.
