O’zbekiston va iqlim o’zgarish muammosi
Iqlim
O’zbekistoin subtropik va mo’tadil iqlim mintaqalari shimoliy chegarasida joylashgan. Quyosh nurlanishi oqiminig yuqori darajasi, rel’efning o’ziga hosligi va atmosfera sirkulyasiyasi katta mavsumiy va kunlik havo harorati tebranishlari, uzoq davom etadigan quruq va issiq yoz, nam bahor va ozgaruvcha qish xususuyatlariga ega kontinental iqlim turini hosil qiladi.
Mamlakat hududi turli xil havo massalari kirib kelishi uchun ochiqdir. Shimol, shimoli-g’arb va garbdan bepoyon kengliklarga atlantik va arktik havo massalari kirib keladi. Intensiv qishki harorat ko’tarlishlari iliq sektorlarning janubiy siklonlariga tropik havo massalarini kirib kelishi keskin sovuq tushishi bilan almashinadi. Iyulda o’rtacha havo harorati mamlakat hududi bo’ylab shimolda 260 Cdan janubda 300Cgacha o’zgaradi, maksimal havo harorati esa 47-490gacha ko’tariladi. Yanvarda o’rtacha havo harorati shimolda -80Cgacha, janubda 00gacha pasayadi, minimal harorat esa -380Cni tashkil etishi mumkin (Ustyurt platosi).
Yozda qattiq isitilgan sahro hududlari ustida quruqligi bilan farq qiladigan kontinental tropik havo shakllanadi. Yog’ingarchilik miqdori bu yerda juda kichik (80-200 mm/yil chegarasida), bundan tashqari uning o’zgaruvchanlik darajasi juda yuqori. Yog’ingarchilik miqdoriga Orol dengizining ta’siri uncha katta emas, faqat tor sohilbo’yi zonasida namlikning oshishi kuzatiladi.
Tog’ poyonlarida yog’ingarchilik miqdori oshadi. Nam havo massalari kirib kelishiga ochiq bo’lgan tog’ yonbag’irlarida – 600-800mm va bundan ham yuqoriroq.
Tog’larda bahor oylarida qor ko’chish ehtimoli mavjud. Intensiv yog’ingarchiliklar sel oqimlarining paydo bo’lishiga olib keladi.
Inson faoliyatining O’zbekiston iqlimiga ta’siri birinchi navbatda meliorasiya va cho’llashtirish natijasida sodir bo’ladi. Sug’oriladigan dehqonchilik va suv omborlari zonalarida yozgi harorat pasayishi va havo namliginig ortishi sodir bo’ladi. Ammo sug’oriladigan yerlar va oazislarning ta’sir etish maydonlari sahro va quruq cho’llar egallagan hududlarga nisbatan ancha kam. Shu sababli ularning regional iqlimga ta’siri juda kichik. Mahalliy iqlim o’zgarishining yana bir faktori – bu Orol dengizi akvatoriyasining qisqarishidir. 100-250 km. chegarasida iqlim aridligining ko’payishi kuzatilmoqda.
O’zbekiston iqlimi, butun sayyora iqlimi kabi o’n yilliklar mashtabining tebranishlarini boshdan kechiryapti. Ohirgi o’n yilliklar davomida issiqxona gazlarining atmosferadagi konsentrasiyasini antropogen oshishi bilan bog’liq havo harorati ko’tarilishi tendensiyasi kuzatilyapti.
O’zbekiston va O’rta Osiyo hududida iqlim isishining asosiy indikatorlari quyidagicha:
- Ayniqsa tungi havo haroratining ko’tarilishi,
- yil issiq davrining uzayishi,
- yuqori haroratlar qaytarilishining ko’payishi,
- sovuq va qor qoplamli kunlar sonining qisqarishi,
- daryolarimizni suv bilan ta’minlovchi tog’larning qor-muz manbalarining qisqarishi.
