O’zbekiston va iqlim o’zgarish muammosi

Umumiy ma’lumot



Ęŕđňŕ Đĺńďóáëčęč ÓçáĺęčńňŕíO’zbekiston shimoliy kenglikning 370 va 45 0 va sharqiy uzunlikning 560 va 730 da, Osiyoning quruq zonasida joylashgan. Uning hududi 447400 km2ni tashkil etadi.

Respublika agrar-industrial mamlakat bo’lib, iqtisodiyotda sug’oriladigan dehqonchilikka asoslangan qishloq xo’jaligi ulushi katta.

Mamlakatda paxta, sholi, donli ekinlar, kartoshka yetishtiriladi. Bundan tashqari sabzavotlar, mevalar, uzum, pilla, qora ko’l, jun mahsulotlarini ishlab chiqarish keng tarqalgan, chorvachilik rivojlangan.

O’zbekistonning o’ziga xos hususiyati barcha foydalanish imkoniyati bo’lgan suv manbalarining 90% irrigasiya ehtiyojlariga sarflanishidir. Orol dengizi xavzasi bilan chegaradosh daryolarning suv manbalari tartibga solingan va suv iste’mol qiluvchi mamlakatlar o’rtasida taqsimlangan, ta’kidlash joizki, O’zbekiston asosiy suv iste’molchisidir. Hozirgi vaqtdanoq region suv tig’izligi muammosiga duch kelyapti va asosiy muammolardan biri – Orol krizisidir.


O’zbekistonda butun mamlakat hududida antropogen manbalarga yuklashtirish darajasi juda yuqori va bu oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishni xavf ostiga qo’yadi. Suv kelishining deyarli hammasini sug’orishga ishlatilishi, haydalgan yerlarning degradasiyasi (intensiv tuzlanish, tuproq eroziyasining barcha turlari), tabiiy o’tloqlarning qisqarishi va degradasiyasi, biologik xilmaxillikning qisqarishi, ekosistemalarning buzilishi va yo’q bo’lib ketishi (Amudaryo deltasida) kuzatilmoqda. Qishloq xo’jaligi yerlari maydononing qariyb 50% u yoki bu darajada degradasiyaga uchragan.

O’zbekiston iqlimiga xos bo’lgan ekstremal havo sharoitlari (kechki bahorgi va vaqtli yuz beradigan kuz sovuq tushishlari, yuqori haroratlar, tez-tez yuz beradigan va uzoq vaqt davom etadigan qurg’oqchiliklar) qishloq xo’jaligi ekinlarining hosildorligini qisqartiradi. Aholi soning ko’payishi suv manbalari tig’izligida oziq-ovqat mahsulotlariga ehtiyojning oshishiga olib keladi. Bularning barchasi O’zbekistonning iqlim o’zgarishiga bo’lgan zaiflik darajasini oshiradi.

03-05-2006