Foydali ma’lumot
O’zbekistonda iqlim o’zgarishi bilan bog’liq hozirgi loyihalarning qisqacha ta’rifi
"Issiqxona gazlari inventarizasiyasi sifatini oshirish uchun potensialni o’stirish (MDH/ Yevropa regioni)" UNDP regional loyihasi
Ushbu regional loyiha Iqlim O’zgarishi bo’yicha Birinchi Milliy Ma’lumotnomani tayyorlash natijalariga asoslanib, 12 davlatlar tomonidan birgalikda amalga oshiriladi. Loyihaning maqsadi - issiqxona gazlari inventarizasiyasini tayyorlashga jalb etilgan mutahassislarning malakasini oshirish, bu o’z navbatida inventarizasiya sifatini yaxshilash va emissiyani baholashda noaniqliklar sonining qisqarishiga olib keladi. Loyihani amalga oshirishda qatnashuchi mamlakatlar o’z milliy prioritetlaridan kelib chiqadilar.
Loyiha manzili: ghgii@sarkor.uz
Xalqaro Rivojlanish bo’yicha Kanada Agentligi (CIDA)ning "Kaspiy regioni daissiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish sohasida mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ta’lim dasturi"
CIDAning ta’lim dasturida Kaspiy regionining uchta mamlakati qatnashadi: Qozog’ston, Ozarbaijon va O’zbekiston. Dasturning asosiy maqsadi - turli xil iqtisodiyot sohalari mutaxassislari va rahbarlariga issiqxona gazlarini qisqartirish va Toza Rivojlanish Loyihalarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish, xalqaro sarmoya jamg’armalari va moliya agentliklari qoidalari va standartlariga mos loyiha xujjatlarini tayyorlash, karbon loyihalari tenderlarida ishtirok etish va muzokaralar olib borish usullarini o’rgatish. Ushbu ta’lim dasturi bo’yicha hozirgi vaqtda O’zbekistonda 3 demonstrasion loyihalar (issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirishga qaratilgan o’rmon o’tkazish va issiqlik o’tkazish uchun quyosh kollektorlaridan foydalanish) amalga oshirilmoqda.
Loyiha manzili: www.ctp-ghg.com
UNEP/O’zbekiston loyihasi "Iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha ta’lim berish, kadrlar tayyorlash va keng ommaga ma’lumot berish – Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi 6 Moddasini amalga oshirish"
Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi 6 Moddasini O’zbekistonda amalga oshirish loyihasi iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha ta’lim sohasida mamlakatning milliy potensialini mustahkamlashga va respublikada iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha propaganda ishlarini kengaytirishga qaratilgan. Alohida urg’u O’zbekiston yoshlariga iqlim o’zgarishi masalalari bo’yicha ta’lim va ma’lumot berishga qo’yilgan. Ushbu: www.climate.uz veb-sayti mazkur loyiha doirasida yaratilgan. Loyiha O’zbekistonning BMT Iqlim O’zgarishi Doiraviy Konvensiyasi bo’yicha majburiyatlarni bajarishni davom ettirish va kengaytirish faoliyatidir.
Loyiha manzili: ososkova@meteo.uz, info@climate.uz
UNEP/O’zbekiston loyihasi "Iqlim O’zgarishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Ikkinchi Milliy Ma’lumotnomasini tayyorlash"
Mazkur loyiha iqlim va ekstremal iqlim hodisalari o’zgarishlarining ta’sirini ilmiy va texnik jihatdan o’rganish, emissiya faktorlarini o’rganish, sistematik tarzdagi kuzatishlar va iqlim ofatlari haqida vaqtli ogohlantirish potensialini mustahkamlash, noziklik darajasi hamda turli xil ijtimoiy-iqtisodiy sektorlar ko’nikishini baholash, mamlakatda iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlarini qisqartirish imkonini beradigan strategiyasini ishlab chiqish.
Loyiha O’zbekistonda iqlim o’zgarishi bilan bog’liq masalalar yechimini topishga qaratilgan faoliyatni davom ettirish va rivojlantirishga yordam beradi.
Loyiha manzili: ososkova@meteo.uz
O’zbekiston/GEF/UNDP loyihasi "Global ekologik konvensiyalarni bajarish bo’yicha mamlakat potensialini milliy baholanishi"
Ushbu loyiha BMT ekologik konvensiyalarini amalga oshirishga jalb etilgan barcha tomonlar kuchlarini birlashtirishga qaratilgan, bu esa o’z navbatida milliy miqyosdagi potensial rivojlanishining asosiy yo’nalishlarini va ehtiyojlarini aniqlash, milliy miqyosda potensialni rivojlanishini ta’minlash, ishga hokimiyatlar, uyushmalarni jalb etish va mahalliy tashabbusni rivojlantirish, BMT xalqaro ekologik konvensiyalari bo’yicha majburiyatlarni muvofiqlashtirgan holda (birgalikda) bajarishga qaratilgan qarorlarni ishlab chiqish.
Loyiha manzili: raisa.taryanikova@uzci.net
TACIS loyihasi "Global iqlim o’zgarishi bo’yicha majburiyatlarini bajarish bo’yicha Markaziy Osiyo mamlakatlariga texnik yordam ko’rsatish"
TACIS regional loyihasi Markaiy Osiyo mamlakatlariga Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyada, Kioto Protokolida ishtirok etishlari uchun institusion a texnik yordam ko’rsatishga, mamlakatlarning makro-ekonomik modellashtirishdagi va iqlim o’zgarishini yumshatish potensialini baholash imkoniyatlarini oshirishga, Toza Rivojlanish Mexanizmi hamda issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish masalalari bo’yicha propagandani oshirishga qaratilgan.
Loyiha manzili: zavlilya@mail.ru
