Climate School

Ish faoliyatimiz



O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi gidrometeorologiya xizmati markazi (O’zgidromet) O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 14 aprel, 183 qaroriga asosan BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasini O’zbekistonda amalga oshirish bo’yicha ma’suldir.

Iqlim o’zgarishi masalasi bo’yicha olib borilayotgan ish yuzasidan O’zgidromet quyidagilarni amalga oshiradi:
  • iqlim o’zgarishi bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash
  • iqlim monitoringi va uning o’zgarishi bo’yicha stsenariylarni tayyorlash
  • iqlim o’zgarishi ta’siriga tabiiy-klimatik manbalarning nozikligini baholash
  • moslashish choralarini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni taqdim etish
  • BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasiga taalluqli xalqaro majburiyatlarni bajarish, dasturlar va xalqaro faoliyatda ishtirok etish bilan milliy manfaatlarni qo’llash.
BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasiga taalluqli majburiyatlarni amalga oshirishning birinchi bosqichi sifatida O’zgidromet 1997-1999 yillar mobaynida GEF/BMT Rivojlanish Dasturining "O’zbekiston – mamlakatni iqlim o’zgarishi bo’yicha o’rganish" loyihasiga asosan O’zbekiston Respublikasining iqlim o’zgarishi bo’yicha Birinchi Milliy Ma’lumotnomasini tayyorladi. Ushbu ma’lumotnoma milliy sharoitlarni baholash, issiqxona gazlarining milliy kadastri, issiqxona gazlarining 2010 yilga qadar bo’ladigan tashlashlarining bashorati, iqlim o’zgarishini yumshatish choralari, iqlim o’zgarishiga bo’lgan noziklik darajasi hamda O’zbekistonda iqlim o’zgarishiga moslashish choralarini o’z ichiga oladi.

Majburiyatlarni bajarishni davom ettirish sifatida O’zgidromet 2001-yilga kelib Birinchi Milliy Ma’lumotnomaning Ikkinchi Fazasani tugalladi. Buning natijasida O’zbekiston iqtisodiy sektorlarining issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish hamda iqlim o’zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish uchun zarur bo’lgan asosiy texnologik ehtiyojlar aniqlandi; texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari o’rganib chiqildi; issiqxona gazlarini kamaytirishga qaratilgan texnologik loyihalar baholanib, analiz qilindi; noziklik darajasini baholash va iqlim o’zgarishiga moslashish choralarini ishlab chiqish, iqlimni kuzatish global tizimida ishtirok etish uchun regional monitoring tizimini mustahkamlash va potensialni oshirish bo’yicha qo’shimcha o’rganishlar amalga oshirildi.

BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasinining 6-moddasini O’zbekistonda bajarish ishlarini qo’llash uchun O’zgidromet 2004-yildan boshlab BMTning Atrof-muhit Dasturiga taalluqli "Iqlim o’zgarishi bo’yicha ta’lim berish, kadrlar tayyorlash hamda keng ommani ma’lumot bilan ta’minlash" loyihasi amalga osirilyapti.

2005-yildan boshlab O’zgidromet iqlim o’zgarishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Ikkinchi Milliy Ma’lumotnomasini tayyorlashni boshladi.

Iqlim o’zgarishi bilan bog’liq faoliyatning asosiy ishtirokchilari

Geografiya fanlari doktori Chub Viktor Evgenyevich Iqlim o’zgarishi bo’yicha O’zbekiston milliy koordinatori, O’zbekistonda Xalqaro Meteorologik Tashkilotining doimiy vakili, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya Xizmati Markazi bosh direktori.
Tel: (998 71) 1336180, E-mail:uzhymet@meteo.uz

Ososkova Tatyana Alekseyevna BMT Atrof-muhit Dasturi "Iqlim o'zgarishi bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Ikkinchi Milliy Ma'lumotnomasini tayyorlash" loyihasining milliy koordinatori, GEF/BMT Rivojlanish Dasturi "O'zbekiston Respublikasi Birinchi Milliy ma'lumotnomasini tayyorlash" loyihasi va "Mamlakatni iqlim o'zgarishi bo'yicha o'rganish" loyihasi ikkinchi fazasi bo'yicha ma'lumotnoma rahbari, BMTning Iqlim O'zgarishi bo'yicha Doiraviy Konvensiya Sekretariatining Ekspert guruhida Osiyo regioni mamlakatlarining xalqaro eksperti.
Tel: (998 71) 1336117, E-mail:ososkova@meteo.uz


03-05-2006