Iqlim o'zgaryapti, bizni kelajakda nima kutmoqda?

Kelajak iqlimini baholash usullari



Iqlim o'zgarishlarini baholash uchun atmosfera va okeanlarning umumiy tsirkulyatsiya modellari ishlab chiqiladi, va ular Global Iqlim Modellari (Global Climate Models) deb ataladi. Modellarda yerning iqlim sistemalarining o’zgarishi fizika asosiy qonunlariga asoslanib hisoblab chiqiladi.

Global Iqlim Modellari atmosferada issiqxona gazlarining konsentrasiyasi oshishini yer radiatsion balansiga ta’sirini sonli (miqdoriy) holda baholash va bu ma’lumotlardan kelajak iqlimini baholashda foydalanishga yordam beradi.




Zamonaviy modellar qanday qilib tabiiy va antropogen faktorlar ta’sirida instrumental o’zgarishlar davrida iqlim o’zgarishlarini ta’riflashini kuzataylik.

Modellarda tabiiy va antropogen faktorlar hisobga olingan bo’lsa, bu holda modellar bo’lib o’tgan iqlim o’zgarishlarini haqiqatga yaqin bo’lgan holda ta’riflab bera oladi.

Iqlim modellari yordamida qilingan hisoblashlarga ko’ra, kelgusi 100 yil davomida havo harorati hozirgi payt darajasiga nisbatan ancha ko’tarilishi ehtimoli bor. Kutilayotgan o’zgarishlarini vaqt va joyga nisbatan taqsimlanishi iqlim stsenariyalari deb ataladi.

Baholashdagi noaniqliklar modellash qiyinligi hamda issiqxona gazlarining atmosferada kelgusi kontsentrasiyasining noaniqligi bilan belgilanadi.

04-05-2006