Iqlim o'zgaryapti, bizni kelajakda nima kutmoqda?

Iqlim stsenariyalari



Global issiqlashuv tezligi va alohida olingan tumanlarda uning oqibatlari issiqxona gazlarining yer atmosferasiga yaqin va uzoq kelajakdagi tashlashlariga bog’liq. Qaysi hajmda, qachon va qanday issiqxona gazlari atmosferaga kelib tushishini aniq aytish qiyin. Bu turli xil sabablarga bog’liq, shuning uchun olimlar issiqxona gazlari emissiyasining stsenariyalarini ishlab chiqadilar.

Masalan, emissiya stsenariyalaridan birida tahmin qilinishicha, sayyora aholisi soni 2100 yilga kelib 11,3 milliard kishigacha oshadi, iqtisodiy o’sish yiliga 2,3-2,9%ni tashkil qiladi va issiqxona gazlarini atmosferaga tashlashini cheklash bo’yicha hech qanday tadbirlar olib borilmaydi. Bu “aralashmaslik” stsenariyasidir. Boshqa stsenariyalarda sayyora aholisi soning o’sishi, iqtisodiy o’sish, turli xil yoqilg’i, texnologiya va energiya manbalaridan foydalanish farqi hisobiga chiqindilarning miqdori oshishi yoki pasayishi tahmin qilinadi.

Har bir emissiya stsenariyasi uchun Global Iqlim Modellari yordamida global havo haroratining 1,4-5,8 diapazonida ko’tarilishini tahmin qiladigan hisoblashlar olib borilgan.

Kelgusi 100 yil davomida bo’lib o’tishi mumkin bo’lgan harorat, yog’ingarchilik va suv yig’ilishi o’zgarishlarining baholashlari issiqxona effektining oshishiga iqlim tizimining reaksiyasi variantlari, ya’ni iqlim stsenariysidir.

Iqlim modellarining yarim shar va kontinentlar miqyosida havo harorati o’zgarishlari darajasini ishlab chiqish sifati alohida regionlarga nisbatan yuqoriroq. Biroq barcha modellar shimoliy yarimshar yuqori kengliklarida issiqlashuvning eng yuqori hajmlarini ko’rsatadi.

04-05-2006



Manba:
IPCC Third Assessment Report, 2001