Biz iqlim o'zgarishini to'xtata olamizmi?

Iqlim muhofazasi bo’yicha xalqaro siyosat



Yer yuzida global isish natijasida ma’lum bir imtiyozlarga ega bo’ladigan birorta ham davlat yo’q. Global isish hozirgi vaqtning o’zida katta zarar keltirmoqda va kelajakda bundan ham katta miqyosda bo’lib o’tadigan oqibatlarga olib kelishi aniq. Hozirgi vaqtda global isishni to’xtatish mumkin emas, sababi – insoniyat energiyasiz kun kechira olmaydi. Global isishni to’xtatishning yagona yo’li – iqlim o’zgarishlarining miqyosi imkon qadar kamroq bo’lishini ta’minlashdir. Buning uchun atrof muhitga ta’sirni maksimal tarzda qisqartirish, tabiiy ekotizimlarning (birinchi navbatda o’rmonlarning) antropogen buzilish jarayonini to’xtatish va ularni qaytadan tiklash choralarini amalga oshirish zarur.

Insoniyat issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirishi zarur. Yer aholisi soning tez o’sishini hisobga olgan holda, issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish energetika samaradorligini ancha oshirish va iqtisodiyotning boshqa sohalarida muhim o’zgarishlar sodir etishni talab qiladi. Bundan tashqari iqlim o’zgarishi natijasida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan zararni, ko’nikish va issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish choralarini topish va baholash zarur. Iqlim o’zgarishiga javob sifatida harakatlar kompleks stategiyasining ishlab chiqilishi kerak. Xalqaro va milliy darajada bo’lgan siyosiy qarorlar va kelishilgan harakatlarsiz iqlim o’zgarishi masalasini hal etish mumkin emas.

Xalqaro hamjamiyat bu masala bilan quyidagicha shug’ullanadi:
  • BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi – iqlim tizimini saqlab qolishga qaratilgan xalqaro harakatlar va majburiyatlarning asosiy tamoyillarini belgilaydi.
  • BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi Kioto Protokoli – issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish bo’yicha majburiyatlarni miqdor jihatidan ta’riflaydi.
  • Iqlim O’zgarishi bo’yicha Hukumatlararo Ekspertlar Guruhining Tavsiyanomasi – iqlim o’zgarishi masalasi bo’yicha barcha ilmiy ma’lumotlar to’planib, hukumatlarga ma’lumotnomalar beriladi.
Bu o’ta muhim xalqaro bitim va tashkilotlarning maqsadlari – Yer iqlim tizimini kelgusi avlodlar uchun saqlab qolish, ekologik va iqtisodiy rivojlanishdir.

04-05-2006



Manba:
IPCC Third Assessment Report, 2001