Biz iqlim o'zgarishini to'xtata olamizmi?
Iqlim O’zgarishi bo’yicha Hukumatlararo Ekspertlar Guruhi
Xalqaro siyosatni o’rnatish uchun mavjud bo’lgan ma’lumotlarning iqlim o’zgarishiga taaluqli bo’lgan barcha aspektlari bo’yicha ilmiy analiz o’tkazish zarur. Shuning uchun Iqlim O’zgarishi bo’yicha Hukumatlararo Ekspertlar Guruhi tuzilgan, bu guruh iqlim o’zgarishi masalasiga doir barcha ilmiy, ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarni umumlashtirib, dunyo hamjamiyatiga davriy Baholovchi Dokladlari yordamida taqdim etadi.
Iqlim O’zgarishi bo’yicha Hukumatlararo Ekspertlar Guruhi 1988 yilda BMT va Xalqaro Meteorologik Tashkilotning atrof muhit Dasturida tashkil etilgan. Bu guruh butun dunyo olimlari hamdo’stligidir va ular o’z kuchlarini iqlim tizimini saqlab qolish bo’yicha xalqaro va milliy choralarini koordinatsiya qilmoq uchun ilmiy asosga ega ma’lumotlarni taqdim etish uchun birlashdilar. Iqlim O’zgarishi bo’yicha Hukumatlararo Ekspertlar Guruhining vazifalari:
- Iqlim tizimlari va iqlim o’zgarishiga taalluqli bilimlar holatini baholash (I ishchi guruh);
- Iqlim o’zgarishining ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy ta’sirini o’rganish (II ishchi guruh);
- Iqlim o’zgarishlariga ko’nikish yo’llarini aniqlash va o’rganish (II ishchi guruh);
- Issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish choralarini aniqlash va o’rganish (III ishchi guruh).
Issiqxona gazlari Milliy inventarizasiyasi guruhi Issiqxona gazlari Milliy inventarizasiya dasturini kuzatadi.
Iqlim O’zgarishi bo’yicha Hukumatlararo Ekspertlar Guruhi 3 dokladni tayyorlab yakuniga yetkazdi. Birinchi Baholash Dokladi (1990 yil) iqlim o’zgarishiga taalluqli bo’lgan ilmiy dalillarni tasdiqladi va bu siyosatchilar va xalqaro hamjamiyatga katta ta’sir ko’rsatib, iqlim o’zgarishi xalqaro Konvensiyasining tuzilishi haqidagi muzokaralarning boshlanishiga asos yaratdi. Ikkinchi Baholash Dokladi (1995 yil) BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi Kioto Protokolining 1997 yili qabul qilinishiga qaratilgan muzokaralarga katta ta’sir ko’rsatdi. Uchinchi Baholash Dokladi - bu iqlim o’zgarishlariga taalluqli ilmiy, texnik va ijtimoiy-iqtisodiy ma’lumotlarning har tomonlama va zamonaviy baholanishidir.
04-05-2006
Manba:
IPCC Third Assessment Report, 2001
