Biz iqlim o'zgarishini to'xtata olamizmi?

BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi



1989 yilda, har yillik uchrashuvda, yetti yirik mamlakat rahbarlari antropogen issiqxona gazlari emissiyasini qisqartirish maqsadida global iqlim o’zgarishlari bo’yicha Xalqaro Konvensiyaning qabul qilinishi zarurligini tan oldilar. 1990 yilning dekabr oyida BMTning Bosh Assambleyasi Konvensiya bo’yicha muzokaralarning boshlanishini ma’qulladi, shuning bilan Konvensiya 1992 yili, 9 mayda Nyu-York shahrida qabul qilindi, 1993 yili esa kuchga kirdi.

BMTning Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasining maqsadi: "issiqxona gazlarining atmosferada konsentrasiyasini iqlim tizimiga xavf soladigan antropogen aralashishni oldini olish darajasida mustahkamlamoq. Bu darajaga ekotizimlarning iqlim o’zgarishlariga tabiiy holda ko’nikishi uchun kerak bo’lgan davr ichida erishmoq zarur va bular oziq-ovqat ishlab chiqarishini va mamlakatlarning kelgusi iqtisodiy rivojlanishini xavf ostiga qo’ymasligi kerak".

Konvensiya iqlim o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan tashvishlarning to’g’ri taqsimlanish tamoyiliga asoslangan. Iqlim o’zgarishi bilan kurashish bilan bog’liq ma’suliyat va harajatlarning katta qismini Konvensiya rivojlangan mamlakatlarga yuklaydi. Bundan tashqari, Konvensiya o’tmish va kelajakda issiqxona gazlari emissiyasining eng katta qismi rivojlagan mamlakatlarga to’g’ri kelishini ta’kidlaydi.

Konvensiyaning asosiy tamoyillari:
  • Ogohlantirish tamoyili;
  • imkoniyatlari va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda mamlakatlarning umumiy, lekin differensiyalashtirilgan ma’suliyatlari;
  • barqaror rivojlanish tamoyilining saqlanib qolishi.
Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga yuklatilgan umumiy ma’suliyatlar:
  • Iqlim o’zgarishi oqibatlarini yumshatish bo’yicha milliy dasturlarning qabul qilinishini va rivojlanishini ta’minlash;
  • issiqxona gazlari "yutkichlarini" ishlatish va saqlash bo’yicha ko’maklashish;
  • tegishli ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik siyosatning o’tkazilishi bilan birgalikda iqlim o’zgarishi bilan bog’liq masalalarni hisobga olish;
  • ilmiy-texnik masalalar va ta’lim sohasida hamkorlik;
  • ilmiy tadqiqotlar va ma’lumot almashinuvi bo’yicha ko’maklashish.

04-05-2006



UN Framework Convention on Climate Change