Biz iqlim o'zgarishini to'xtata olamizmi?

Kioto Protokoli



Sanoati rivojlangan mamlakatlarining BMT Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi bo’yicha Yaponiyada, Kioto shahrida 1997 yilda bo’lib o’tgan uchinchi Konferensiyada xalqaro ahdlashuv - Iqlim O’zgarishi bo’yicha Doiraviy Konvensiyasi Kioto Protokoli qabul qilingan. Protokol atmosferaga issiqxona gazlarini chiqarishni kamaytirishga qaratilgan.

Kioto protokoliga asosan, Konvensiyaning Birinchi Ilovasiga kirgan 39 sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun atrof muhitni ifloslantirish bo’yicha kvota belgilab berilgan. Bu kvotaga asosan issiqxona gazlarining umumiy chiqindilari 1990 yil darajasiga nisbatan 2008-2012 yillar davomida kamida 5%ga kamayishi aniq.

Kioto protokoli majburiyatlariga 6 issiqxona gazi kiritilgan: karbonat angidrid (CO2), metan (CH4), azot oksidi (N2O), gidroftoruglerodlar (GFU), perftoruglerodlar (PFU) va oltingugurt geksaftoridi (SF6).
Hozirgi paytda Kioto protokoli barcha sanoati rivojlangan mamlakatlarni hisobga olganda 84 mamlakat tomonidan imzolangan va 141 mamlakat tomonidan ratifikasiya qilingan (2005 – yil, 2 fevral holatiga binoan). Protokol uning Rossiya Federasiyasi tomonidan ratifikasiya qilinishidan so’ng va protokolni ratifikasiya qilgan davlatlar soni zarur bo’lgan darajaga yetkanidan so’ng (bu mamlakatlar chiqindilari rivojlangan mamlakatlar issiqxona gazlari chiqindilarining 55%ga teng), ya’ni 2005 yilning 16 fevralida kuchga kirdi.

Ma’lumot:

AQSh – rivojlangan mamlakatlar issiqxona gazlari chiqindisining 36,1% tashkil etadi,
Yevropa Ittifoqi – 30%,
Rossiya – 17,4%,
Yaponiya -8,5%,
Avstraliya va Yangi Zelandiya – 2,3%,
Kanada – 3,3%.

Issiqxona gazlari chiqindilarini qisqartirish bo’yicha majburiyatlar mamlakatlar uchun turli xil, masalan: Vengriya, Yaponiya va Polsha chiqindilarni 6%ga, AQSh – 7%ga, Yevropa Ittifoqi – 8%ga qisqartirishlari zarur. Yangi Zelandiya, Rossiya Federasiyasi va Ukraina chiqindilar darajasini 1990 yil darajasidan oshirmasliklari kerak. Avstraliya, Islandiya va Norvegiya 1990 yil darajasini 8%, 10% va 1%ga osirishlari mumkin. Lekin Avstraliya va AQSh protokolni ratifikasiya qilmasliklarini e’lon qildilar, buning sababi esa ko’zda tutilgan majburiyatlarning bajarilishi mamlakat iqtisodiyotiga zarar keltirishi mumkin deb ta’kidlashdi.

Kioto protokoli jamiyatning iqlim o’zgarishi muammosiga bo’lgan munosabatiga katta ta’sir ko’rsatdi, hatto protokolni ratifikasiya qilishdan bosh tortgan mamlakatlarda ham. Buning sababi protokol xalqaro hamjamiyat e’tibori markazida bo’lganligidir.

04-05-2006



Manba:
Kyoto Protocol