Biz iqlim o'zgarishini to'xtata olamizmi?
Kioto protokolining moliyaviy mexanizmlari
Kioto protokoli nafaqat aniq maqsadlarni belgilab berdi, balki bu maqsadlarga erishish borasidagi moliyaviy mexanizmlarni taklif qildi. Bu mexanizmlar Kioto protokolining 6, 12, 17 moddalarida bayon qilingan.
Kioto Protokolining 6 moddasi - Birgalikda amalga oshirish loyihalari
Birgalikda amalga oshirish mexanizmi I Ilovaga kiritilgan va Kioto protokoli doirasida chiqindilarni qisqartirish bo’yicha majburiyatlarga ega davlatlar tomonidan issiqxona gazlari chiqindilarini qisqatirish bo’yicha loyihalarni birgalikda amalga oshirishga asoslangan. Demak, mazkur mexanizm faqatgina rivojlangan mamlakatlarga qaratilgan.
O’zbekiston I Ilovaga kiritilgan mamlakatlar qatoridan bo’lmaganligi va miqdoriy cheklashlarga ega bo’lmaganligi sababli loyihalarni birgalikda amalga oshirish bizning mamlakatimiz uchun to’g’ri kelmaydi.
Kioto Protokolining 12 moddasi – Toza rivojlanish mexanizmi
Toza rivojlanish mexanizmi sanoati rivojlangan mamlakatlar mablag’ni rivojlanayotgan va o’tish iqtisodiyotiga ega, I Ilovaga kirmaydigan mamlakatlarning "toza" loyihalariga taqdim etib, buning evaziga sertifikatlangan chiqindilarni qisqartirish birliklarini qo’lga kiritish imkoniyatiga ega. Bu birliklar karbonat angidrid tonnalarida belgilanadi. Shu kabi loyihalarga mablag’ ajratgan mamlakat qo’lga kiritilgan birliklarni chiqindilar bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish uchun sarflashi yoki birliklarni boshqa mamlakatlarga sotishi mumkin. I Ilovaga kirmaydigan mamlakatlar uchun Toza Rivojlanish Mexanizmi loyihalari yangi, "uglerod kirimi" deb ataluvchi daromadlar, qo’shimcha chet el sarmoyasi, yangi texnologiyalarni qo’lga kiritishga, hamda ichki bozorga yangi sheriklarni jalb qilishga imkon beradi. Rivojlangan mamlakatlar uchun esa Kioto Protokoli bo’yicha kamroq sarf-harajatlar bilan yangi bozorlarni qamrab olgan holda majburiyatlarni bajarish demakdir.
O’zbekiston iqtisodiyoti o’tish davrida bo’lgan davlat sifatida, Kioto Protokolining barcha amalga oshirish mexanizmlaridan foydalanish imkoniyati bo’lgani bu issiqxona gazlarini qisqartirish bo’yicha texnologik loyihalarni rivojlangan mamlakatlar yordami bilan amalga oshirish, ya’ni toza rivojlanish mexanizmidir.
Kioto Protokolining 17 moddasi – Chiqindi kvotalari savdosi
Chiqindi kvotalari savdosi sanoati rivojlangan mamlakatlarga kvotalarning ma’lum bir qismini sotish yoki sotib olish imkonini beradi. Sotib oluvchi mamlakat qo’lga kiritilgan birliklarni Protokol bo’yicha o’z majburiyatlarini bajarish uchun ishlatishi mumkin. Toza rivojlanish mexanizmi bo’yicha sertifikatlangan chiqindilar qisqartirilishi birliklari bu tizimda hozirdanoq, birgalikda amalga oshirish bo’yicha birliklar esa – 2008 yildan boshlab ishlatilishi mumkin. Shunday qilib, chiqinilar bilan savdo-sotiq tizimi Protokolning kuchga kirishidan avval ishlashni boshladi. Ushbu mexanizm "Uglerod bozorini" tashkil qiladi, va "bozorda" faqatgina sanoati rivojlangan mamlakatlar ishtirok eta oladilar.
Kvotalar savdo-sotig’i mexanizmi O’zbekiston uchun to’g’ri kelmaydi, chunki "Uglerod bozorida" ishtirok etish uchun ancha moliyaviy jamg’armalar talab etiladi.
04-05-2006
Manba:
Kyoto Protocol
